Zelenskiy: "Baydenning lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzolashi — tarixiy qadamdir"

Zelenskiy: "Baydenning lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzolashi — tarixiy qadamdir"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenning Kiyevga lend-liz asosida qurol yetkazib berish haqidagi qonunni imzolaganini tarixiy qadam deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Ozodligimiz va kelajagimiz uchun kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun Jo Bayden va Qo‘shma Shtatlar xalqiga minnatdorchilik bildiramiz. Kredit-lizing to‘g‘risidagi qonunning bugun imzolanishi tarixiy qadamdir”, — deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni soddalashtirishga qaratilgan lend-liz shartnomasi bo‘yicha Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.Bu haqda Oq uy matbuot kotibi yordamchisi Anjela Peres ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!