Zafar Hoshimov: "Koronavirusga qarshi kurashda kafe-restoranlarni qurbon qilmaylik"

Zafar Hoshimov: "Koronavirusga qarshi kurashda kafe-restoranlarni qurbon qilmaylik"

Tadbirkor Zafar Hoshimov kafe va restoranlar faoliyati pandemiya davrida cheklanayotgani tarmoq uchun og‘ir bo‘lmoqda, deb yozmoqda.

Kafe va restoranlar tadbirkorlarning asosiy o‘zagi va forposti. Aynan shu sohada eng ijodkor va jasur, hech qanaqa riskdan tap tortmaydigan odamlar to‘plangan. Bu sohaning yaxshisi ham, yomoni ham juda tez ayon bo‘ladi. Bu biznesda o‘rtamiyona bo‘lib bo‘lmaydi, sen yo muvaffaqiyatlisan, yoki yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur biznes hammaga ham emas.

Biz, shaharliklar, mijozlar uchun kafe-restoranlar shunchaki oshqozon g‘amini yeydigan joy emas, balki do‘stlar, yaqinlarimiz va qadrli bilan insonlarimiz uchrashadigan, hayotimizdagi muhim voqealarni nishonlaydigan, muloqot qiladigan, hayajonli daqiqalarni kechiradigan joy hamdir. Kafe va restoranlar muzokaralar uchun juda samarali joy. Chunki bir dasturxon atrofida o‘tirganda ishonch o‘z-o‘zidan mustahkamlanadi, o‘zaro kelishuvlarga juda tez kelinadi. Kafe va restoranlar shu ma’noda shaharning ijtimoiy episentridir, deb yozadi tadbirkor.

Zafar Hoshimov ko‘p sayohat qiladigan odam sifatida aynan kafe va restoranlar u yoki bu shahar haqidagi fikrning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini qayd etgan.

Tadbirkor aynan kafe va restoranlar koronavirusga qarshi urushda aybdor deb topilib, qurbonlikka mahkum etilganini tushunmasligini yozgan. Ishonchim komilki, odamlar aynan kafe va restoranlarda virusni yuqtirib olayotganini isbotlaydigan ishonchli tadqiqotlar yo‘q. Gap albatta, yuzlab odamlar bilan to‘y-tomosha qilish haqida ketmayapti. Albatta, soat 20:00gacha ham kafe-restoranlarda odamlar to‘planib qolishi mumkin, qolaversa, mavjud talablarga bo‘ysunmasdan ishlayotgan kafe-restoranlar ham bor. Eng yomoni ham shu.

Ushbu yuzaga kelgan vaziyatni zudlik bilan tuzatish kerak. Shunday chora-tadbirlar joriy qilish mumkinki, umumiy ovqatlanish muassasalari o‘zini oqlamagan vaqt va joy cheklovlaridan qat’i nazar ham ishlay oladi.

Spot’ning yozishicha, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda 2 mln ortiq kishi kafe-restoranlar va ularga aloqador bo‘lgan sohalarda faoliyat yuritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!