Yuzda dog‘lar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?

Yuzda dog‘lar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?

Xollar

Mazkur pigmentasiya tug‘ma bo‘lishi yoki keyinroq paydo bo‘lishi ham mumkin. Aslida xollar xavfsiz hisoblanadi, lekin ular zararlansa, xavfli o‘smalarga aylanishi mumkin. Shuning uchun bilar-bilmas ularga teginish va zararlashdan saqlanish kerak.

Sepkillar

Ushbu pigmentasiya turi ko‘pincha nasldan-naslga o‘tishi kuzatiladi. Ular odatda melanin ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli, terisi oq sochlari sarg‘ish-qizg‘ish bo‘lgan insonlarda ko‘p uchraydi. Ba’zida sepkillar ocharib qolishi yoki yosh o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ham ketishi mumkin.

Lentigo

Lentigo dog‘i o‘z navbatida sepkillarga qaraganda, to‘qroq ko‘rinadi, ushbu pigmentasiya turi yosh o‘tishi bilan ko‘proq kuzatiladi. Qizg‘ish-jigarrang lentigo «keksalik dog‘i» deb ham ataladi. Dog‘lar asosan terining ochiq joylarida, ultrabinafsha nurlar ta’sirida paydo bo‘ladi.

Xloazma

Xloazma — och jigarrang dog‘. Yuzasi silliq va aniq chegaralangan bo‘lib, asosan son, qorin va yuzda paydo bo‘ladi. Homiladorlik, jigar kasalliklarida yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!