Yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha bitim imzolandi

Yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha bitim imzolandi

Ma’lumki, hukumat tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish loyihasini amalga oshirish orqali “Evro-5” sinfidagi, yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o‘tish va “Evro-2” sinfidagi AI-80 benzinidan voz kechish belgilangan.
Ushbu loyihada “Evro-5” sinfidagi, yuqori oktanli “AI-92” va “AI-95” benzinlarini 60% va 40% hajmda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyihani parallel loyihalash va qurish bilan “Fast-Track” rejimida amalga oshirish rejalashtirilgan.
2024 yil 14 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ va "CPECC" (China Petroleum Engineering and Consruction Coorparation) kompaniyasi o‘rtasida asosiy loyihani ishlab chiqish bo‘yicha Bitim imzolandi.
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Fransiyaning texnologiya lisenziri “Axens” kompaniyasi bilan loyiha hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!