Yomon odat

Yomon odat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oniy axloq sohibi, halim-muloyim, ayni vaqtda viqor-salobatli, islomga yot bo‘lgan xatti-harakatlarni ko‘rganda, arslondek haybatli, murosasiz edilar.

Odob dasturini buzganlarga munosabati so‘zimizning dalili bo‘la oladi.

Beodoblik Nabiy sollallohu alayhi vasallamning g‘ashiga nechog‘lik tekkanini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.

Sahl ibn Sa’d rivoyati: “Bir kishi to‘siqdan bo‘ynini oshirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hujralariga qaradi. Shu payt u zot qo‘llarida taroq ushlab turgan edilar, uni ko‘rib: Agar qarab turganingni bilganimda, mana shu taroq bilan ko‘zingni o‘yib olgan bo‘lar edim. Zero, izn so‘rash qarash uchun tayin qilingandir!” dedilar.

Anas ibn Molik rivoyati: “Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hujralaridan birining icharisiga qaradi. Men janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘rinlaridan turib, qo‘llaridagi shamshir uchini uning ko‘ziga tiqmoqchi bo‘lgandek harakat qilganlarini hozir ham ko‘rib turgandekman”. Boshqalarga tegishli yerga va xavfli hududiga beruxsat kirish, devor orqasida eshik va deraza tashqarisida turib uydagilarning gap-so‘zini tinglash kabi odatlar mo‘minning fe’li emas va odob doirasiga sig‘mas.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!