Yil boshidan buyon dunyoda 80 jurnalist halok bo‘ldi

A A A
Yil boshidan buyon dunyoda 80 jurnalist halok bo‘ldi

11 oy ichida dunyoda 80 jurnalist halok bo‘ldi, uch nafari bedarak yo‘qoldi.

Yil boshidan buyon dunyoda kasbiy faoliyati sababli 80 jurnalist hayotdan ko‘z yumdi. Ularning 63 nafari professional jurnalistlar, 13 nafari fuqarolik jurnalistlari va 4 nafari tahririyatlar xodimlaridir, deyiladi Chegarasiz reportyorlar xalqaro tashkiloti hisobotida.

Eng ko‘p Afg‘onistonda 15, Suriyada 11, Meksikada 9, Yamanda 8, AQSh va Hindistonda 6 nafardan jurnalist hayotdan ko‘z yumgan.

Hisobotda tahlilchi Jamol Qoshiqchi, slovakiyalik reportyor Yan Kusyak hamda MARda halok bo‘lgan uch rossiyalik jurnalist Kirill Radchenko, Orxan Jemal va Aleksandr Rastorguyev esga olib o‘tilgan.

Bundan tashqari, 348 nafar OAV vakili kasbiy faoliyat munosabati bilan hibsga olingan. Jurnalistlar eng ko‘p qamalgan davlatlar orasida Xitoy 60 kishi, Misr 38 kishi, Turkiya 33 kishi, Eron 28 kishi va Saudiya Arabistoni 28 kishi sanab o‘tiladi.

Yana 60 nafar OAV vakili kasbiy faoliyat sababli asirda saqlayotgan bo‘lsa, uch nafari bedarak yo‘qolgan.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!