«Yaxshi xabar tez tarqaladi». MSK a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja — saylov natijasi haqida Putindan kelgan tabrik yuzasidan munosabat bildirdi

«Yaxshi xabar tez tarqaladi». MSK a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja — saylov natijasi haqida Putindan kelgan tabrik yuzasidan munosabat bildirdi

Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja «Makon Media»ga bergan intervyusida saylov natijasi e’lon qilinishidan avval bildirilgan tabriklar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Biz — Markaziy saylov komissiyasi ham hayron qoldik bu xabarlar hali natijalar e’lon qilinmasdan berilishiga. Lekin men o‘ylaymanki biz bu savolni o‘sha mamlakatlarning ommaviy axborot vositalariga berishimiz to‘g‘ri bo‘ladi», — deydi Qudratxo‘ja.

Shuningdek, Sherzodxon Qudratxo‘ja «yaxshi xabar tez tarqalishini» aytib o‘tgan.

«Shuning uchun hayratlanmasa ham bo‘ladi, menimcha. Biz hamma nomzodga teng, xolis munosabatdamiz. Va men boshqa kuzatuvchilarning bu gapini sharhlay olmayman», — deya qo‘shimcha qildi MSK a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi «ishonchli g‘alabasi» bilan tabriklagan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zLiDeP nomzodi, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev foiz 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!