Yaponiyadagi «quturayotgan» vulqon videosi e’lon qilindi (video)

Yaponiyadagi «quturayotgan» vulqon videosi e’lon qilindi (video)

Internetga guvohlar 16 iyun, shanba kuni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida vulqondan kul otilishi aks etgan videolarni joylamoqda, deb yozadi «Vesti.ru».

Balandligi 1,1 kilometrdan ortiq bo‘lgan Sakuradzima vulqoni harakatga kelishi natijasida qariyb besh kilometrli kul ustuni yaqin oradagi aholi punktlarini qoplab oldi.

Shuningdek, vulqon og‘zidan 800—1 ming metr masofaga yirik toshlar otilib chiqqani qayd etilgan.

Ayni paytda xavfning mavjud beshta darajasidan uchinchisi e’lon qilingan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!