Yangi Zelandiyada syorfingchiga katta oq akula hujum qildi

Yangi Zelandiyada syorfingchiga katta oq akula hujum qildi

Yangi Zelandiyaning Dargavill shahrida dam olayotgan syorfingchi katta oq akula hujumiga uchradi, deb xabar beradi The New Zealand Herald.

Yirtqich uning bir nechta joyini tishlab olgan. Erkak jarohatlarga qaramay suvdan mustaqil ravishda chiqib olgan. Notanish haydovchi uni o‘z mashinasida kerakli manzilga eltib qo‘ygan, shundan so‘ng syorfingchi vertolyotda shifoxonaga olib ketilgan.

«Akula syorfingchining bilagi, qo‘l panjasi va labidan tishlab olgan. Sezilarli og‘riq bo‘lgan, hatto biroz qon ketgan», — deydi qutqaruv brigadasi boshlig‘i Maykl Ross.

Syorfingchi o‘ziga aynan qanday baliq hujum qilganini eslolmaydi, biroq mutaxassislarning fikricha bu katta oq akula edi. Jarohatlarning ko‘rinishi, jabrlanuvchining tanasidagi tish izlalari ham bundan dalolat bermoqda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!