Yana 2 hududda 196 kishida koronavirus aniqlandi

Yana 2 hududda 196 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 14 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 017 (+196) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 194 nafari Toshkent shahrida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Yunusobod tumanida yashagan 59 yoshli S.M. (ayol) vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun yurtimizda 1448 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 28 661 nafarga (84 foiz) yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimizda 5 135 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!