Yakkabog‘lik erkak xotinining boshiga bolta bilan urdi

Yakkabog‘lik erkak xotinining boshiga bolta bilan urdi

Yoshi ellik besh yoshni qarshilagan Yakkabog‘ tumanidagi Qo‘shtegirmon qishlog‘ida yashovchi YA.R. jahl chiqqanda aql ketishini unutadigan shaxslar toifasidan bo‘lib chiqdi.

YA.R. joriy yilning 29 may kuni soat 12:30da uyiga sarhush holda keldi. Tabiiyki, bu xotini M.X.ga yoqmadi. Er u desa, xotin bu dedi, xullas, og‘zaki aytishuv janjalga aylandi. Natijada oshxonada o‘tirgan YA.R. stol ustida turgan ro‘zg‘or boltasi bilan xotinining bosh qismiga uch marotaba urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda «Postda.uz» cayti ma’lumot berdi.

Xayriyat, baqir-chaqirni eshitib, qo‘shnisinikiga kirgan fuqaro O.R. YA.R.ning qo‘lidan boltani olib qo‘ydi va janjal intiho topdi. Oxir-oqibatda esa er ichki ishlar bo‘limiga, xotin shifoxonaga olib kelindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!