Fransiya Isroilga harbiy ta’minotni to‘xtatmoqchi

Fransiya Isroilga harbiy ta’minotni to‘xtatmoqchi

Fransiyada Isroilga barcha qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlar kuchaymoqda, biroq Parij hali siyosiy sabablarga ko‘ra bu qadamni qo‘yishga tayyor emas, deb yozadi Le Monde.

Fransiya Isroilning ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda, ammo bu hamkorlik obro‘ va huquqiy xavflarga ega, deydi ba’zi fransuz ekspertlari. Fransiya kemalari Xayfaga muntazam ravishda tashrif buyurishni to‘xtatdilar va fransuz aviasiyasi qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashmaydi. Hamkorlik faqat razvedka darajasida qolmoqda.

Isroilga harbiy eksport jami 27 milliard yevrodan atigi 15 million yevroni tashkil etadi. Eksport qisman to‘xtadi, xususan, G‘azoda urush boshlanganidan keyin Fransiya artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni to‘xtatdi, biroq yetkazib berish to‘liq to‘xtagani yo‘q.

Kanada, Italiya va Ispaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘liq to‘xtatganini e’lon qildi, Gollandiya esa F-35 uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishni to‘xtatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!