“Xufyona iqtisodiyot” qisqartiriladi – prezident farmoni

“Xufyona iqtisodiyot” qisqartiriladi – prezident farmoni

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Koshelek s dengami

SPUTNIK

Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

Farmon bilan Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 2021 yillarda O‘zbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida Xufyona iqtisodiyot ni qisqartirish bo‘yicha Dastur hamda yangi tahrirdagi Mulk to‘g‘risida gi Qonun ishlab chiqiladi.

Yo‘l haritasi ni amalga oshirish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligidagi Iqtisodiy kengash hamda Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.

Iqtisodiy kengash tomonidan quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi hamda prezident administrasiyasiga kiritiladi:

Strategiyalar:

- davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish bo‘yicha 2019 yil 1 iyungacha;

- milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston 2030) bo‘yicha 2019 yil 1 dekabrgacha;

- ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 2020 yil 1 martgacha;

- suv resurslarini boshqarish va irrigasiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha 2020 yil 1 sentyabrgacha.

Konsepsiyalar:

- O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2019 yil 1 aprelgacha;

- qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 2019 yil 1 oktyabrgacha;

- monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 2019 yil 1 oktyabrgacha;

- davlat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha 2020 yil 1 yanvargacha;

- moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2020 yil 1 iyungacha.

Yo‘l xaritalari :

- investision muhitni yaxshilash bo‘yicha 2019 yil 1 aprelgacha;

- yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha 2019 yil 1 noyabrgacha;

- atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2020 yil 1 sentyabrgacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!