Xorijga qochgan adashganlar jazodan qutilishi uchun umid bor

Xorijga qochgan adashganlar jazodan qutilishi uchun umid bor

Agar taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolar qilmishiga pushaymon bo‘lsa, ular jazodan ozod etilishi mumkin.

 

O‘zbekiston tashqarisida diniy oqimlarga va ko‘plab terroristik tashkilotlarning yolg‘on da’vatlariga berilib, ayni damda qilmishlariga pushaymon bo‘lgan fuqarolar talaygina. Turkiya deysizmi yoki AQSH, Shvesiyadan tortib, Norvegiyada ham adashgan o‘zbekistonliklar bor.

Agar taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolar qilmishiga pushaymon bo‘lsa, ular jazodan ozod etilishi mumkin.

Taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini bo‘yniga olishi to‘g‘risidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19 sentyabr kuni imzolagan “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan o‘zbekiston respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida o‘z ifodasini topdi.

Farmon fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq jinoyatni qayta sodir etgan shaxsning takroriy murojaati ko‘rib chiqilmaydi.

Komissiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Komissiyaning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.

Komissiyani O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov boshqaradi.
Manba: qalampir.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!