Xorazmlik o‘qituvchi o‘qishga kiritish uchun olingan poraning yarmini Toshkentdagi hamkasbiga berdi

Xorazmlik o‘qituvchi o‘qishga kiritish uchun olingan poraning yarmini Toshkentdagi hamkasbiga berdi

Xorazmda 6000 dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3500 dollar olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi maktab o‘qituvchisi bir fuqaroning qizini tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

O‘qituvchining ko‘rsatmalariga asosan xodimlar tezkor tadbirni Toshkentda davom ettirishgan. Natijada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi xorazmlik o‘qituvchidan 3 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!