Xorazmda quruvchilarni tok urdi. Ulardan ikki nafari vafot etdi

Xorazmda quruvchilarni tok urdi. Ulardan ikki nafari vafot etdi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani «Bog‘dor» mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan yollanma ishchilar xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani uchun halokatga uchradi.

«Postda.uz»ning yozishicha, Xonqa tumani «Katta kuch» mahallasida yashovchi uch yigit temirdan yasalgan havozani ko‘targan vaqtida tepadan elektr simi o‘tganini bir zumga unutgan.

Oqibatda havoza elektr simiga tegib ketishi natijasida ularni elektr toki urgan. Yigitlardan ikkisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Yana biri shifoxonaga yotqizilgan. Ayni paytda prokuratura holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!