Xorazmda qariyb 2500 shisha yaroqsiz alkogol mahsulotini sotayotganlar ushlandi

Xorazmda qariyb 2500 shisha yaroqsiz alkogol mahsulotini sotayotganlar ushlandi

Xorazm viloyatida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.R. “QARATAW” yozuvli 0.45 litr sig‘imli 2 400 shisha alkogol mahsulotini hech qanday hujjatsiz qonunga xilof ravishda fuqaroga 34 mln so‘mga hisoblab, jami 3 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, ekspertiza xulosasida, ushbu alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsizligi, davlat standarti hamda iste’molchilar hayoti va sog‘ligi talablariga javob bermasligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!