Xitoyliklar Oyning qorong‘i tomonida kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazadi

Xitoyliklar Oyning qorong‘i tomonida kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazadi

“Chanchjen-3b” raketasida Oyning qorong‘i tomoniga uchirilgan “Chan’e-4” oy zondi Yerning tabiiy yo‘ldoshidagi tuproqni o‘rganish uchungina emas, balki koinot sharoitida o‘simliklar yetishtirish uchun ham qo‘llanmoqchi. Zondning bortida Oyda o‘simliklarni ekish bo‘yicha kamida 10 ta ilmiy tajriba o‘tkazilishi mumkin. Bu tajribalar Oyni zabt etuvchilar iste’mol qilishi uchun yaroqli kartoshkani yetishtirishga urinishni ham o‘z ichiga oladi.

Olimlarning aytishicha, bu koinot stansiyalarida oziq-ovqat mahsulotlarini olish imkoniyatlarini tekshirish uchun kerak. 

Ta’kidlanishicha, barcha tajribalar Oydagi eng katta krater – Eytken krateri yonida o‘tkaziladi. Olimlar kartoshka ekilgandan keyin “koinot ozuqasi”ning xavfsizligiga ishonch hosil qilish uchun uning radiasiya foni va boshqa ko‘rsatkichlarini o‘lchashadi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!