Xitoyda dengiz tubidan o‘tuvchi metro yo‘li bunyod etildi

Xitoyda dengiz tubidan o‘tuvchi metro yo‘li bunyod etildi

“Izvestiya”ning “Sinxua“ga asoslanib xabar berishicha, Xitoyda eng chuqur suv osti metro yo‘lini qurish ishlari yakuniga yetgan.

Mazkur tunnelning uzunligi 8,1 kilometr (uning 3,49 kilometri suv ostidan o‘tgan) bo‘lib, dengiz orqali Sindao shahrining sharqiy va g‘arbiy qismini Shandun provinsiyasi bilan bog‘laydi. 

“China Railway No.3 Engineering Group“ kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, suv osti metro yo‘lini bunyod etish ishlari 2015 yilning sentyabr oyida boshlangan bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Xitoyda dengiz ustidan o‘tgan 55 kilometrlik ko‘prik foydalanishga topshirilgan edi. Qurilish ishlari 2009 yil dekabr oyida boshlangan ushbu ko‘prik Gonkong, Makao va Chjuxay shaharlarini Guandun provinsiyasi bilan bog‘laydi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!