Xitoy kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tayyorlanmoqda

A A A
Xitoy kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tayyorlanmoqda

Xitoy oziq-ovqat, xomashyo va energiya resurslarining ulkan maxfiy zaxiralarini yaratib, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga tayyorlanmoqda, deb yozadi The Economist.

O‘tgan yili Xitoyning ko‘plab asosiy resurslar importi rekordlarni yangiladi va barcha turdagi tovarlar importi hajm jihatidan 16% ga o‘sdi. Yuqori narxlarga qaramay, 2024 yilda bu o‘sish davom etmoqda. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlar Xitoyning bug‘doy va makkajo‘xori zahiralari tez orada dunyoning 51% va 67% ni tashkil etishini bashorat qilmoqda.

Xitoy zaruriy xomashyo va oziq-ovqatning asosiy qismini import qiladi. Biroq, mamlakatning iqtisodiy qiyinchiliklarini hisobga olgan holda, bunday dinamika o‘sib borayotgan iste’molni aks ettirmaydi. The Economist nashriga ko‘ra, Pekin Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Xitoyning eng muhim ta’minot yo‘llarini uzib qo‘yishga urinib ko‘rishi yoki Tayvan bo‘yicha uzoq davom etgan mojaroni boshlashi mumkinligidan xavotirlanib, resurslarni yig‘moqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!