Xatolik sabab o‘layotgan ayolni kesercha kesib ko‘rishdi. Afsuski, u homilador emas ekan

Xatolik sabab o‘layotgan ayolni kesercha kesib ko‘rishdi. Afsuski, u homilador emas ekan

Buyuk Britaniyada shifokorlar avtohalokatda olgan jarohati tufayli o‘lim yoqasida turgan ayolni kesercha usulda kesib ko‘rishdi, ammo, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, ayol homilador emas ekan.

Buyuk Britaniyalik Adel Barbur Linkoln shahridan uncha uzoq bo‘lmagan avtomagistralda YTHga uchraydi. 48 yoshli ayol o‘ziga yaqinlashib kelayotgan avtomobilni ko‘rmagan holda o‘ngga burilishni boshlagan edi. Natijada, falokat bilan tugagan yo‘l transport hodisasi qurboniga aylandi.

Halokat guvohlaridan biri feldsher Nikola Veyr navbatchilikni almashayotgan edi. U Barburga yordam ko‘rsatdi, ayol esa faqat beli og‘riyotganidan shikoyat qilar edi. U o‘zining homilador ekanini aytmadi. Qalin kurtkada bo‘lgani uchun men ham uni homilador deb o‘ylamadim , deydi guvoh. Uni boshqa bir avtomobildagi yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatish uchun jo‘natishadi. Qutqaruvchilar Barberni avtomobildan tushirayotgan paytlaridagina ayolni yurak huruji tuta boshladi.

Hodisa joyidagi tibbit xodimlari ayolning shishib turgan qorniga qarab, unda homiladorlikning so‘nggi oylari kechayotganini gumon qilishdi va zudlik bilan shifoxonaga jo‘natishdi. Ayolni shifoxonada darhol kesercha usulda kesib, chaqaloqni saqlab qolish harakati boshlandi. Ammo, jarrohlik amaliyoti oxiriga yetganidagina shifokorlar ayolning homilador emasligini tushunib qolishdi. Qappayib turgan qorin esa aslida Barbur 1975 yilda o‘tkazgan umurtqa pog‘onasi jarrohligidan qolgan bo‘lib chiqdi. Ayol jarrohlik stolida jon berdi, patologoanatomlar uning vafotiga aortaning yorilib ketishi sabab bo‘lganini qayd etdi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!