Xarkov shahrida portlash ro‘y berdi

Xarkov shahrida portlash ro‘y berdi

Ukraina sharqidagi Xarkov shahrida havo hujumi paytida navbatdagi portlash yuz berdi. Bu haqda "ObshestvennoYE" telekanali xabar bermoqda.

Chorshanba kuni ertalab telekanal Xarkovda portlash yuz bergani haqida xabar bergan edi. Bungacha shahar meri Igor Terexov shaharda kuchli portlashlar sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

"Xarkovda, ehtimol shahar tashqarisida portlash ovozi eshitildi" - deyiladi "ObshestvennoYE" telegram kanalida e’lon qilingan xabarda.

Seshanba kuni kechqurundan boshlab Xarkov viloyatida havo hujumi haqida signal eshitilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!