Xanchjou-2022: Eshkak eshuvchilarimiz bugungi dasturlarni uchta medal bilan yakunlashdi

Xanchjou-2022: Eshkak eshuvchilarimiz bugungi dasturlarni uchta medal bilan yakunlashdi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar yakunlandi. Ma’lum qilganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta kumush (MK1 1000 metr, MS1 1000 metr) va 1 ta bronza (WK2 500 metr) medallariga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida Artur Guliyev hamda Kamron Ahtamov to‘rtinchi, Nilufar Zokirova hamda Gulbahor Fayziyeva esa beshinchi bo‘lib marraga keldi. Xuddi shu masofada startga chiqqan baydarkachi yigitlarimiz Denis Onufriyev hamda Ozodjon Amriddinov esa yettinchi pog‘onadan joy olishdi.

Ertaga hamyurtlarimiz yana 6 ta dasturda medallar uchun kurash olib borishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!