Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston pasporti nechanchi o‘rinni egalladi?

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston pasporti nechanchi o‘rinni egalladi?

"The Henley Pasport Index" mustaqil reytingida O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlatga vizasiz kirishi yoki borgandan keyin viza olishi mumkinligi sababli, mamlakat pasporti 86-o‘rinni egalladi.

Reytingda birinchi o‘rinda turgan Yaponiya fuqarolari 191 ta davlatga vizasiz kirishlari yoki borgandan keyin viza olishi mumkin. Singapur ikkinchi (190 ta davlat), Janubiy Koreya va  Germaniya uchinchi o‘rinda (189 ta davlat).

Buyuk Britaniya va AQSh fuqarolari 185 ta davlatga vizasiz kirishlari yoki borgandan keyin viza olishi mumkinligi sababli, ushbu davlatlar pasporti 7-o‘rinda.

Rossiya 50-o‘rinda (116 davlat), Belarus va Qozog‘iston 70-o‘rinda (75 davlat), Tojikiston 85-o‘rinda (58) va  Turkmaniston 90-o‘rinda (53 davlat).

Suriya (29 davlat), Iroq (28 davlat) va Afg‘oniston (26 davlat) mamlakatlari reytingda eng oxirgi o‘rinlarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!