Vertikal esuvchi shamollar ham borligini bilarmidingiz?

Vertikal esuvchi shamollar ham borligini bilarmidingiz?

Darhaqiqat, vertikal esuvchi shamollar ham bor. Lekin bunday shamollar Yer atrofida emas. Yerdan ancha balandlikda esadi.

Vertikal va gorizontal esuvchi shamollar o‘rtasida juda ham mustahkam jipslik bor. Misol uchun, siklon (katta diametrli vertikal o‘qi va markazida havo bosimi pasaygan atmosfera shovqini ko‘rinishidagi havo massasi)lar ichida atmosfera bosimi past hududlar bor.

Shamollar havoni o‘sha hududning markaziga yetkazib beradi. To‘planib qolgan havo katta kuch bilan yuqoriga ko‘tariladi. Ya’ni yuqoriga harakatlanuvchi shamol hosil bo‘ladi. Antisiklonda, aksincha, yuqori bosimli hududda havo pastga qarab intiladi. Ya’ni pastga harakatlanuvchi shamol hosil bo‘ladi. Kuch bilan yerga urilgan havo atrofga yoyilib ketadi.  Ya’ni biz ko‘nikkan gorizontal shamollar esadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!