Vaziyat o‘ta og‘ir: Buyuk Britaniya kasalxonalarida kislorod moslamalari yetishmayapti

Vaziyat o‘ta og‘ir: Buyuk Britaniya kasalxonalarida kislorod moslamalari yetishmayapti

Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kasalxonalarda o‘ta og‘ir vaziyat yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar bermoqda. Kasalxonalarda kislorod moslamalari etishmayapti.

Shifokorlar mavjud vaziyat tufayli bemorlarni intensiv terapiya bo‘limi bo‘lgan boshqa kasalxonalarga olib borish zarurligini qo‘shimcha qilishdi. Bu holat mamlakatda qayd etilgan virusning mutasiyasi bilan bog‘liq.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, virusning yangi varianti odatdagidan 70% ko‘proq yuqumli, ammo o‘lim nuqtai nazaridan uning xavfli ekanligi to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokning aytishicha, COVID-19 patogenining yangi mutasiyasi tufayli mamlakatda epidemiologik vaziyat nazoratdan chiqib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!