“O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

“O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom hamda ushbu Agentlik tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Agentlik o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mazkur Agentlik kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik bosh direktori va o‘rinbosarlari Hukumat qarori bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!