O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga rahbar tayinlandi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasiga rahbar tayinlandi

Kecha O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

U 2018 yildan shu kunga qadar O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi lavozimida ishlagan.

2000 yildan tashqi siyosat bo‘limida ish boshlagan, markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. U Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha direksiyasini boshqargan. Shuningdek, u Fransiyada va bir vaqtning o‘zida vaqtincha Italiya hamda Portugaliyada elchi lavozimida ham ishlagan.

Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!