O‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi (foto)

O‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi (foto)

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida ro‘y bergan YTHda o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning ham jabr ko‘rgani xabar qilinmoqda.

Sariag‘ash - Chimkent trassasida harakat qilayotgan avtomashina “Sang Yong Istana” mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan.

Xabar qilinishicha, mikroavtobusda 10 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ulardan 4 nafari esa o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

 

YTH natijasida 10 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan uch nafari voqea joyida vafot etgan.

 

Voqea guvohlarining aytishicha, yengil avtomashina mikroavtobus tomon “uchib kelgan” va natijasida mikroavtobus bilan to‘qnashgan.

 

YTHda jabrlanganlarning barchasi Chimkentdagi shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, ulardan uch nafari hozirda Jonlashtirish bo‘limida qolmoqda.

 

O‘zbekistonlik yo‘lovchilarning vafot etgani yoki yo‘qligi borasida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.

 

Manba: uznews.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!