O‘zbekistonlik taniqli musiqashunos va pedagog Ahmad Jabborov 93 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonlik taniqli musiqashunos va pedagog Ahmad Jabborov 93 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonlik taniqli musiqashunos va pedagog Ahmad Jabborov 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Kultura.uz» xabar bermoqda.

A. Jabborov 1925 yilda Namanganda tug‘ilgandi. U Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshkent davlat konservatoriyasi musiqa tarixi kafedrasi professori edi. 1965—1975 va 1987—1992 yillarda O‘zbekiston bastakorlar uyushmasini boshqargan.

U hozirgacha mutolaa qilib kelinadigan «O‘zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari», «Musiqiy drama va komediya janrlari O‘zbekiston kompozitorlari ijodiyotida» nomli kitoblar, bastakorlar Manas Leviyev, SH.Shohimardonova, Mardon Nasimov va Fattoh Nazarovga bag‘ishlangan monografiyalar muallifi edi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!