O‘zbekistonlik talabalarning Koreyada o‘qishi va bir paytning o‘zida ishlashi uchun sharoit yaratiladi

O‘zbekistonlik talabalarning Koreyada o‘qishi va bir paytning o‘zida ishlashi uchun sharoit yaratiladi

16 aprel kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyatslar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining Chunchongbuk-do provinsiyasi gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordilar.

16 aprel kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyatslar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining Chunchongbuk-do provinsiyasi gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish borasida muzokaralar olib bordilar.

Q. Sharipov hozirda O‘zbekiston Respublikasining 5 ta oliy ta’lim muassasasi Koreya Respublikasining 7 ta universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilib, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilganiga urg‘u berib, hudulararo aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni joriy etish vaqti kelganini ta’kidladi.

Kim Yong Xvan o‘z navbatida O‘zbekistonning inson resurslariga boy mamlakat ekani hozirda ko‘plab davlatlarning e’tiboriga sazovor bo‘layotgani, va mazkur resursdan oqilona foydalanish, sifatli mutaxassislar yetishtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalasida o‘z takliflarini berdi.

Gubernatorning ta’kidlashicha, Chunchongbuk-do provinsiyasida 20 taga yaqin universitetlar faoliyat yuritishi bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqarishi ham rivojlangan bo‘lib, xususan elektr avtomobillari uchun batareyalar, quyosh panellari va modullari, yarimo‘tkazgichlar, biofarmasevtika va kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchi ko‘plab kompaniyalarga muhandis-kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan Kim Yong Xvan o‘zi boshqarayotgan provinsiyada o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish, ularni o‘qish davrida turar joy va qo‘shimcha ish bilan ta’minlash dasturini joriy etish taklifini berdi. Koreya delegasiya a’zolaridan biri Jungwon universiteti rektori Hwang Yun Won birgina uning oliy ta’lim muassasasidagi barcha sharoitlarga ega talabalar turar joyida 2000 ta bo‘sh o‘rin borligi va o‘zbekistonlik talabalar hamda doktorantlarni qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Talaba va doktorantlarning mazkur dasturda ishtirok etishlari uchun ular ingliz yoki koreys tillarini bilishi, akademik o‘zlashtirishi va xulqi qoniqarli bo‘lishi talab etiladi.

Uchrashuvda tomonlar talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalar olishlari uchun sharoit yaratish orqali ikki davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga ishonch bildirdilar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!