O‘zbekistondan Rossiyaga insonparvarlik yordami ortilgan 3-samolyot yetib bordi

O‘zbekistondan Rossiyaga insonparvarlik yordami ortilgan 3-samolyot yetib bordi

Kecha, 23 aprel kuni O‘zbekistondan Rossiyaga insonparvarlik yordamining uchinchi partiyasi yetib bordi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib «Sputnik» xabar qildi.

Qayd etilishicha, insonparvarlik yordami ortilgan 3-samolyot Vnukovo aeroportiga borib qo‘ngan.

Avvalroq O‘zbekistondan Rossiyaga 5 million dona tibbiyot niqoblari yetkazib bergani xabar qilingan edi.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ushbu yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!