O‘zbekistonda yana 200 dan ortiq odam koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yana 200 dan ortiq odam koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

2020 yil 6 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 315 (+246) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Samarqand viloyatida, 33 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 11 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. (ayol) hamda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 318 nafar, Toshkent viloyatida 162 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 14 nafar, jami 508 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 19 291 (+508) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 849 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!