O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston DXX harbiy poligonida MDH Aksilterror markazi ko‘magida Hamdo‘stlik vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazildi.

Undan ko‘zlangan asosiy maqsad terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish, chegara xavfsizligiga raxna soluvchi terrorchilik tahdidlarini zararsizlantirish va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishda MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Aksilterror mashqlariga SHHT va MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlari rahbarlari va vakillari, manfaatdor xalqaro tashkilotlar vakolatli tuzilmalari kuzatuvchilari taklif etildi.

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

Muhim infratuzilma ob’ektlarida garovga olinganlarni ozod qilish va shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini sinovdan o‘tkazish doirasida maxsus va harbiy texnikalar, jumladan aviasiya va uchuvchisiz uchuv apparatlaridan foydalanildi.

Tadbirga DXX, IIV, FVV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linmalari, shuningdek Bosh prokuratura va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari jalb qilindi.

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

Kuzatuvchilar e’tiboriga noqonuniy qurollangan terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus harbiy operasiya elementlari hamda ommaviy tartibsizliklarni bostirish va inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish choralari havola etildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashqlari davomida shartli terrorchilik guruhlarini zararsizlantirishga jalb etilgan kuch va vositalarning yuqori darajadagi tayyorgarligi, vazirlik va idoralarning hamkorlikdagi harakatlari namoyish etildi.

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

“Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari Hamdo‘stlik davlatlari maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik muhim ekanini ko‘rsatdi. Mashqlar qo‘shma aksilterror tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish tajribasini takomillashtirishga hissa qo‘shdi, terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish, jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha kelishilgan harakatlar shakllari va usullarini ishlab chiqish imkonini berdi.

Ushbu aksilterror mashqlari MDH Aksilterror markazi ko‘magi ostida o‘tkazilgan bu kabi tadbirlarning yigirmanchisi bo‘lib, ularning 6 tasida O‘zbekiston ishtirok etgan.

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!