Rossiya britaniya josuslarini aniqladi

Rossiya britaniya josuslarini aniqladi

Rossiya 6 nafar britaniyalik diplomatni josuslikda ayblab chiqarib yubordi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) olti nafar britaniyalik diplomatni josuslikda aybladi. Unda aytilishicha, Rossiya TIV Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi siyosiy bo‘limining olti nafar xodimini akkreditasiyadan o‘tkazishni bekor qilgan va ular chiqarib yuboriladi.

Bu Londonning «ko‘p sonli nodo‘stona qadamlari»ga javob bo‘ldi va diplomatlarning harakatlarida «josuslik va qo‘poruvchilik alomatlari» topilganidan keyin amalga oshirildi, deyiladi FXX bayonotida.

Rossiya davlat televideniyesi xabarida aytilishicha, olti diplomat «xorijiy agentlar» deb e’lon qilingan mustaqil ommaviy axborot vositalari va huquq guruhlari bilan uchrashgan. Rossiya rasmiylari Kremlni tanqid qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga nisbatan bu yorliqni faol ishlatgan.

Britaniya hukumati Rossiyaning josuslik haqidagi da’volarini rad etib, ayblovlarni «mutlaqo asossiz» deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!