O‘zbekistonda oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

O‘zbekistonda oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi o‘tgan oyga nisbatan 105 mln dollarga kamaygan holda 33,3 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Sof oltin-valyuta zaxiralari (yalpi zaxira va majburiy valyutadagi farq) ham 216 mln dollarga kamayib, 32,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uchinchi oy kamaymoqda. Markaziy bank aprel oyidan boshlab ham chet el valyutasida, ham oltin zaxiralarini yaratayotgan edi, ammo avgust oyida oltinni sotish orqali zaxiralarni diversifikasiya qilish amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin 1,15 mlrd dollarga kamaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!