O‘zbekistonda navbatdagi noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekistonda navbatdagi noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekistonda navbatdagi noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo, konfessiyalararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Ta’kidlash joizki, yurtimizdagi millatlararo va konfessiyalararo do‘stlik va totuvlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, islohotlar samaradorligini oshirish Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishning eng muhim omilidir. Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda, yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha konfessiya vakillariga bir xilda e’tibor qaratilib kelinadi. Diniy konfessiyalarga taalluqli bo‘lgan yangi diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi esa mazkur konfessiyalarga mansub fuqarolarning diniy ehtiyojlarini o‘rganish asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur tamoyilga amal qilingan holda, joriy yil 6 iyul kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan navbatdagi tashkilot - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Agape» to‘liq Yevangel xristian cherkovi 160-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash va har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarning ta’minlanishi belgilab berilgan hamda amalga oshirilib kelinmoqda", – deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!