O‘zbekistonda korrupsionerlar ro‘yxati tuziladi

O‘zbekistonda korrupsionerlar ro‘yxati tuziladi

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri yuritiladi.

Bu – 6 iyul kuni imzolangan, korrupsiyaga qarshi kurashishga doir prezident farmonida nazarda tutilgan.

Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • davlat xizmatiga qabul qilinish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzod ko‘rsatish;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zoligiga kirish;
  • ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
  • davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.

Reestr va unga taalluqli cheklovlarga oid qonun loyihasi 3 oy muddatda Prezident Administrasiyasiga taqdim etiladi. Reestrga ushbu qonun qabul qilinganidan keyin korrupsion jinoyat sodir etgan shaxslar kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!