O‘zbekistonda ilk bor yuqori imkoniyatlarga ega xususiy shifoxonalarga klinik ordinatorlarni tayyorlash uchun ruxsat berildi

O‘zbekistonda ilk bor yuqori imkoniyatlarga ega xususiy shifoxonalarga klinik ordinatorlarni tayyorlash uchun ruxsat berildi

✅ 2024/2025 o‘quv yilidan yuqori malakali ilmiy-amaliy kadrlar potensiali mavjud bo‘lgan, zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega xususiy klinikalarda klinik ordinaturada mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Klinik ordinaturada mutaxassis tayyorlash bo‘yicha da’vogar bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligiga talabnoma taqdim etgan xususiy klinikalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq talablarga mos ekanligini aniqlash va ta’lim jarayoni boshlanishini belgilash Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

📖 Komissiya xulosasiga muvofiq, bunday xususiy klinikalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan shart va talablarga mos bo‘lganlari tanlab olinadi.

📝 Har bir xususiy klinikaga sifatli ta’lim jarayon amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib:

📌 o‘qitiladigan mutaxassisliklar ro‘yxati;

📌 qabul kvotalari ko‘rsatkichlari;

📌 qabul jarayoni uchun mas’ul kotiblar nomzodlarini belgilanadi.

🏥 Klinik ordinatura mutaxassislarini tayyorlaydigan xususiy klinikalar davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga hududlar kesimida biriktiriladi.

♻️ Biriktirilgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari xususiy klinikalarga qabul jarayoni, nazariy ta’lim jarayoni, sifatli uzluksiz ta’lim jarayoni, bilim va ko‘nikmalar nazoratida metodik yordam ko‘rsatib boradi.

⚠️ Klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalar o‘rnatilgan muddatda akkreditasiyadan o‘tishi ta’minlanib, belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!