O‘zbekiston vaksinasiya jarayonlariga tayyormi?

O‘zbekiston vaksinasiya jarayonlariga tayyormi?

Mamlakatimizda milliy vaksinasiya jarayonlariga tayyorgarlik boshlanganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, vaksinalarni saqlash va hududlarga yetkazib berish uchun sharoitlar qay darajada? 

Bu savolga javob olish uchun SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Atabekovga murojaat qildi:

— O‘tgan yillar davomida jami 21 ta vaksina saqlash omborlari, shu jumladan, 1 ta milliy, 14 ta mintaqaviy va 6 ta tuman omborlari qurilishi qo‘llab-quvvatlangan edi.

 Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yicha 16 ta vaksina ombori qurib bitkazilib, 29 ta maxsus sovutkichlar vaksina omborlariga o‘rnatildi. 

Qolgan 5 ta vaksina omborxonasi esa 2021 yilning birinchi choragi oxirigacha qurib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 

Joriy yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar milliy omborxona ham qurib bitkaziladi. 

Barcha omborlarga yong‘in xavfsizligi va signalizasiya tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, ulardagi mavjud sovuqlikni ta’minlab berish tizimlari zamonaviy generatorlar va stabilizatorlarga ulangan. 

Shuningdek, vaksinalarni xavfsiz va tezkor tashish uchun yurtimizga jami 17 ta avtorefrijirator, 206 Miniven-Labo avtomashinalari  keltirildi. 

Viloyatlarga jami 34 ta muzxona, 10 121 dona termokonteyner va termosumka, 749 ta muzlatkich, birlamchi  davolash-profilaktika muassasalariga 2 mingdan ortiq sovutkich o‘rnatilgan. 

Barcha omborlar vaksinalarni yuklash-tushirish uskunalari, avtokaralar va maxsus kiyimlar bilan ta’minlandi. 

Bundan tashqari, hududlarga jami 4000 harorat indikatori va 5000 muzlatish indikatori tarqatildi, ehtiyot qismlari zahirasi yaratilib, mavjud omborlar ixtiyoriga o‘tkazildi.

Olib borilgan ana shunday tadbirlar natijasida immunoprofilaktika dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq ijro etilishi orqali yurtimizda nafaqat koronavirus, balki boshqa boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlikka erishilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!