O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari hamkorlikda «Hamdo‘stlik - 2020» o‘quv yig‘ini  o‘tkazishadi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari hamkorlikda «Hamdo‘stlik - 2020» o‘quv yig‘ini  o‘tkazishadi

O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka muvofiq yuqori jangovar shaylikka ega bir guruh vakillarimiz Tojikiston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan o‘zbek-tojik o‘quv yig‘inlarida ishtirok etish uchun qo‘shni respublikaga jo‘nab ketdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarni Tojikiston Mudofaa vazirligining mas’ul ofiserlari, keng jamoatchilik vakillari kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida kutib oldi.

O‘quv mashg‘uloti Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyatida joylashgan «Faxrobod» dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!