O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Radjabov Azamat Jo‘rayevich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Radjabov 1983 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot.

Mehnat faoliyati davomida «Mikrokreditbank» AT bankining tuman, viloyat mintaqaviy filiallarida boshliq, «Mikrokreditbank» AT banki boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar «Mikrokreditbank» AT banki Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!