O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vise-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Suhbat avvalida Javdat Yilmaz davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Faol muloqotlar barcha darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperasiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!