O‘zbekiston davlat qarzi 25,3 mlrd $ dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston davlat qarzi  25,3 mlrd $ dollarni tashkil etdi

Davlat qarzi YAIM nisbatan 38,4 %gacha pasaydi.

📈Davlat tashqi qarzi o‘tgan chorak bilan taqqoslaganda 939,8 mln $ga oshgan — 22,7 mlrd $ga yetgan (YAIMga nisbatan 34,4 %). Bu mablag‘larning 16,3 mlrd $ O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz bo‘lsa, 6,4 mlrd $ O‘zbekiston kafolati ostida jalb qilindi.

❗️Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, davlat qarzi qoldig‘ining 1,1 mlrd $ga oshishiga, asosan, davlat byudjeti taqchilligining moliyalashtirilishi va investision loyihalarning amalga oshirilishi natijasida qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi bilan birga 356,4 mln $ miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!