O‘zbekiston bosh muftiysi yuksak medal bilan taqdirlandi

O‘zbekiston bosh muftiysi yuksak medal bilan taqdirlandi

Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

“Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuksak saviyada tashkil etilgani, 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashgani, ZOOM platformasi orqali yuzlab xorijiy va mahalliy mutaxassislar kuzatib borgani, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda ma’ruzalar qilganlari hamda anjuman jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun dunyoga onlayn namoyish etildi.
“Xalqaro konferensiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning o‘zaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani baralla aytilgani bilan uning nufuzi yanada oshdi.
Notiqlar tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston zaminida Islom dini ma’rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.
19 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!