O‘zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari 2019-2022 yillarda O‘zbekistonning Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksidagi o‘rni qanday o‘zgarganini tahlil qildi.

Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (GFSI) ning reytingi Economist Intelligence Unit tahlil agentligi tomonidan Corteva Agriscience ko‘magida har yili qaytadan tuziladi. 2022-yilning 20-sentyabrida nashr etilgan GFSI -2022 indeksning o‘n birinchi nashri hisoblanadi.
GFSI oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi, shuningdek, dunyodagi 113 ta mamlakatning tabiiy resurslari va barqarorligiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2019-2022 yillar bo‘yicha umumiy reytingda O‘zbekiston o‘n ikki pog‘ona ko‘tarildi va 2022-yilda 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston “Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati” kategoriyasi bo‘yicha 18 pog‘ona, “Sifat va xavfsizlik” kategoriyasi bo‘yicha 3 pog‘ona, “Barqarorlik va moslashish” kategoriyasi bo‘yicha 36 pog‘ona ko‘tarildi.

Kelgusida O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilash uchun ichki bozorda oziq-ovqat taklifini oshirish, import mahsulotlarini diversifikasiya qilishni ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy tavsiyalarni ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlarini markirovka qilishni joriy etish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!