Uzbekistan Airways ham imtiyoz va preferensiyalardan mahrum qilinadi

Uzbekistan Airways ham imtiyoz va preferensiyalardan mahrum qilinadi

Transformasiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxatiga 32 tashkilot kiritildi. Ular orasida «O‘zbekneftegaz», «O‘zbektelekom», «O‘zbekiston pochtasi», UzAuto, Uzbekistan Airways, «O‘zdonmaxsulot» va boshqalar bor.

Prezident 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasiga kiritish ko‘rsatmasini berdi.

Korxonalarni transformasiya qilish jarayonlari bilan birgalikda ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.

Buning uchun Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformasiya qilish departamenti tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!