O‘zbek va qirg‘iz teatri hamkorlik qiladi

O‘zbek va qirg‘iz teatri hamkorlik qiladi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida T.Ajibayev nomidagi Oloy musiqali-dramatik teatri hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Qirg‘iz teatri rahbari Alimkul Isakov hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri direktori Zulfiya Hamroyeva mazkur memorandumni imzoladi.

Ushbu memorandumga ko‘ra, ikki teatr o‘rtasida mahorat darslari, forum va festivallar tashkil etish, ijodkorlar uchun tajriba almashish, stajirovkalar va ko‘plab yangi loyihalar yaratish rejalashtirilgan.

-Aprel oyida O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “XXI asr bolalari” xalqaro bolalar teatrlari va IT teatr festivalida Rossiya, Kipr, Ozarbayjon, Belarus kabi davlatlar teatrlari bilan xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolangan edi. Bu safar qirg‘iz qardoshlarimiz bizni o‘z teatrlariga taklif etishdi. O‘zaro hamkorligimiz ulkan natijalar beradi. Qolaversa, o‘zbek milliy teatr sahnalarida ham Chingiz Aytmatov ijodidan sahna asarlari ko‘p yaratilgan,-dedi Zulfiya Hamroyeva.

Uchrashuv doirasida T.Ajibayev nomidagi Oloy musiqali dramatik teatri tomonidan atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» spektakli namoyish etildi.

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida postanovkachi rejissyor Shuhrat Ibrohimov tomonidan Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” spektakli sahnalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!