Soliq to‘lovchilar faoliyati o‘tkaziladigan tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq tekshiruvlarining oldini olishga imkon beradi

Soliq to‘lovchilar faoliyati o‘tkaziladigan tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq tekshiruvlarining oldini olishga imkon beradi

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” axborot tizimi orqali soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Mazkur axborot tizimida joriy qilingan 506 ta mezonlar - mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida, tadbirkorlik subektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operasiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish orqali yoki my3.soliq.uz portalidagi barcha xizmatlar bandidan tafovutlarning kelib chiqish formulasi ko‘rib olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi lozim.

Ushbu holat bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilganda va tafovutlar bartaraf etilganda, tekshiruvdan oldingi tahlil yakunlangan hisoblanadi.

Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu jarayonda soliq to‘lovchilarning bank hisobvaraqalarini vaqtinchalik to‘xtatish choralari qo‘llanilmaydi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalarni oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!