Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Dunyoga mashhur sobiq futbol yulduzlari Yoshlar oyligi doirasida 29 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Zakkardo, Dida, Panuchchi va Serjinio kabi braziliyalik va italiyalik sobiq futbolchilar O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Dida Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, «Real» va «Milan» jamoalari bilan ikki marta UYEFA chempionlar ligasi g‘olibi sanaladi.

Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni bo‘lgan.

Serjinio – Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarimhimoyachi, jahon chempioni, ikki karra «Milan» klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi g‘olibi sanaladi.

29 iyun kuni soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi. Ushbu Uchrashuvda ishtirok etish bepul.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!